Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Garri Maguayr haqida 10 ta fakt

11.08.2019, 06:28

«Manchester Yunayted»ning yangi vakili bo‘lmish dunyoning eng qimmat himoyachisi Garri Maguayr haqida 10 ta qiziqarli faktlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

1. U maktabda a’lochi edi.

Maktabidagi sobiq direktor o‘rinbosari Syu Keyn: «U bolaligidan aqlli bo‘lgan. Undan talab qilingan hamma narsani qilardi. U mashhur va baland bo‘yli edi. O‘shandan beri uning bo‘yi yanada o‘sdi. O‘ylashimcha, u iqtisod yoki matematikani o‘qishni davom ettirganida, ehtimol hisobchi yoki tadbirkor bo‘lishi mumkin edi. U juda zo‘r o‘qigan.»

2. U faqat iqtidorli futbolchigina emas.

Markaziy himoyachi bolaligida ko‘plab sport turlari bilan shug‘ullangan. U kross-kantri, regbi va xokkey bilan ham mashg‘ul bo‘lgan. Bu sport turlari unga turli jabhalarda foyda berganligini futbolchining o‘zi tan oladi.

3. Uning futbolchilardan iborat oilasi bor.

Garrining ukalari ham futbolchi sanaladilar. Lourens Milliy ligada «Chesterfild» sharafini himoya etsa, Jo «Geynsboro Triniti» klubida to‘p tepadi.

4. Uning to‘liq ismini bilasizmi?

Uning to‘liq ismi – Jeykob Garri Maguayr, ammo barcha uni shunchaki Garri deb ataydi.

5. U Yevro-2016ga muxlis sifatida bordi.

Bu paytda Maguayr «Xall Siti» bilan Premer Ligaga endigina chiqqan edi va u do‘stlari bilan Angliya terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun Fransiyaga borgan edi.

O‘sha vaqtlar hech kim uni Garet Sautgeyt jamoasi bilan birgalikda JCh-2018da ishtirok etishini va yarim finalga chiqib, Angliya terma jamoasi qahramonlaridan biriga aylanishini bilmasdi.

6. Muxlislar uni 50 funt sterlinglik yangi banknotada ko‘rishni xohlashdi.

U qahramon bo‘lgan Jahon chempionatidan keyin muxlislar Maguayrning fotosurati 50 funt sterlingdan joy olishi uchun petitsiya boshlashdi.

Petitsiya 50 ming imzo yig‘di, ammo u tanlanmadi. Uning o‘rnini matematik Alan Tyuring egalladi.

7. Uning laqabi – «katta bosh».

Bu laqabni unga Jeymi Vardi qo‘ygan.

Laqab bilan bog‘liq juda kulgili voqea sodir bo‘lgan.

Maguayr Jahon chempionatida Shvetsiyaga gol urgan. Shundan so‘ng, Maguayr o‘yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etadi. To‘satdan hujumchi Jeymi Vardi Maguayr qatnashayotgan matbuot anjumaniga kirib keladi va jamoadoshiga shunday deydi: «Salom, bu Vardy News’dan Jeymi Vardi. Sizning boshingiz diametri qancha?»

8. U Angliya birinchi ligasida ketma-ket uch marta mavsum jamoasidan o‘rin egallagan.

«Sheffild Yunayted» akademiyasidagi yorqin o‘yinlari orqali Garri tezda asosiy jamoadan joy oldi. Kuchi jihatidan Angliya uchinchi divizioni sanaluvchi chempionatda, Garri jamoasining yetakchisi edi. Ketma-ket uch yil davomida u ligada mavsum ramziy terma jamoasiga kiritildi va 2012 yildan 2014 yilgacha klubining mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi.

9. U faqat markaziy himoyachi bo‘lmagan.

«Sheffild» akademiyasi murabbiyi Jon Pemberton Maguayrning markaziy himoyachiga aylanishiga va bu pozitsiyada rivojlanishiga yordam bergan kishi hisoblanadi.

16 yoshiga qadar u maydon markazida o‘ynagan, ammo keyin markaziy himoyachiga aylantirilgan.

«U yaxshi himoyalanadi. Garri mudofaa chizig‘i yetakchisi bo‘lib, o‘yinni juda yaxshi o‘qiydi. Lekin, uni har doim boshqalardan ajratib turadigan jihat, bu to‘pni qanday boshqarishni bilishidadir.»

10. Garrining kumirlari kimlar?

Uning kumirlari – Rio Ferdinand va Jon Terri.

«Mening bolaligimdagi eng yaxshi markaziy himoyachilar – Jon Terri va Rio Ferdinand.»

«Men ularni juda ko‘p kuzatganman, ayniqsa, Rio Ferdinandni. Chunki, u to‘pni himoyadan oldinga juda yaxshi olib chiqadi. To‘pni o‘zida ushlab tura oladi va ideal o‘ynaydi. Shubhasiz, Rio o‘z davrining eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri.»

Sherzod Nurmatov tayyorladi.

Manba:
www.championat.asia

Oxirgi fikrlar

  Nodir [off]
23.11

Тттттт

  [off]
11.08

Rio Ferdinandni dog'da qoldirish nasib etsin sanga
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты