Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Pogba Sulsherni «MYu»dagi ichki muhitni buzmasligiga ishontirdi

11.08.2019, 14:22

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogba bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsherga kafolat berib, yangi mavsumda kiyinish xonasida muammo keltirib chiqarmasligiga ishontirdi. Bu haqda Mirror xabar tarqatdi.

Yoz avvalida fransiyalik yulduz klubdan ketish istagida ekanini ochiq aytgan, yoz davomida unga «Real» va «Yuventus» da’vogarlik qilib kelgan edi. Ammo ikkala klub ham «Yunayted»ning moliyaviy talablarini qondira olmadi.

Xabarda ta’kidlanishicha, Sulsher Pogbaning transferi amalga oshmay qolgani bois u jamoadagi muhitga putur yetkazishi mumkinligidan xavotirlanib, shogirdi bilan bir necha marta ochiqchasiga gaplashib olgan.

Bu suhbatlarda Pol bu mavsum o‘zini to‘la «MYu»ga bag‘ishlashini aytib, murabbiyni ishontirgan. U, shuningdek, klubning uni «Real» yoki «Yuventus»ga sotmaslik qarorini hurmat qilishini ham aytgan.

Manbaga ko‘ra, norvegiyalik mutaxassis hamon 26 yoshli Pogbani jamoa sardori bo‘lishga jiddiy da’vogar, deb biladi. Ayni paytda jamoada asosiy sardor maqomi himoyachi Eshli Yangga tegishli.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  Nodir [off]
23.11

Ттттт

  [off]
11.08

O'z uying o'lan to'waging.O'z uyingdasanku uni ustiga Olega vada berib qo'yibsan erkak vadasining ustidan ciqiwi kerak axir ketaman deysan.

  [off]
11.08

Togri aytasiz Azamxon. Lekin bu ham qaysar oyinchida bekorga Ser Alex buni tekinga qoyvormaganda. Lekn bu oddiy hol hamma asosiy figura oyinchilar ham bir shunaqa ketaman deb janjal qiladi. Bir vaqtlar ronaldu ketganidan keyin runi asosiy figura bolgan va ketaman degandi lekn klub olib qolgandi.

  [off]
11.08

кетиб нима киласан уз уйингдан пол
Umumiy: 4

© 2023 Uzbek Reds
Контакты