Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Sulsher: «Matich «Manchester Yunayted»da qolganidan xursandman»

09.07.2020, 22:26

Norvegiyalik mutaxassis tajribali yarim himoyachini o‘z safida saqlab qolganidan xursand.

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher yarim himoyachi Nemanya Matich bilan shartnomani uzaytirish haqida fikr bildirib o‘tdi.

– «Nemanya klubda qolishni istayotganidan xursandman. Yillar davomida Matich o‘zining tajribasini hisobga olgan holda, u biz uchun qanchalik muhimligini ko‘rsatdi. Shunday ekan, men bunga erishganimizdan juda xursandman», – dedi Sulsher «Manchester Yunayted»ning rasmiy saytida.

Eslatib o‘tamiz, serb futbolchisi 2023-yilgacha «qizil iblislar» safida to‘p suradi.

Manba: www.stadion.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
09.07

endi pogbani ham olib qol sulsher
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты