Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Statistika: Fernandesh «MYu»ning natijalarini qanchalik o‘zgartirdi?

10.07.2020, 06:01

Bugun «Aston Villa»ga qarshi bahsda «Manchester Yunayted» futbolchisi Brunu Fernandesh o‘z hisobiga gol+pas yozdirib qo‘ydi.

Bu esa portugaliyalikning APL 10 o‘yinidagi 7-goli va 6-assistentligi bo‘ldi. Umumiy natija esa: 8 gol va 7 assist. Qayd etish kerak, u kelganidan beri jamoa ligada mag‘lub bo‘lmadi va faqatgina 3 o‘yinda durang o‘ynab, 7 marta g‘alaba qozondi. Brunusiz esa: 9 g‘alaba, 7 durang va 8 mag‘lubiyat qayd etilgan ekan.

Brunu faqatgina 2 o‘yinda samarali natija ko‘rsata olmadi: «Vulverxempton»ga qarshi debyut o‘yinida va 24 iyun kungi «Sheffild»ga qarshi bahsda.

So‘nggi 3 o‘yinda esa daxshatli natijalar qayd etildi: «Brayton» bilan o‘yinda dubl, «Bornmut»ga qarshi o‘yinda gol+pas va bugun ham «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda gol+pas.

Manba: www.championat.asia

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
10.07

molodessss

  [off]
10.07

Yechlni olsak oltin topga davogar boladi, aplni olsak 100% oltin topni oladi shu ketishda.

  [off]
10.07

Stabil o'ynashda davom et

  [off]
10.07

Daxshat
Umumiy: 4

© 2023 Uzbek Reds
Контакты