Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

De Xea «MYu»dagi o‘yinlari soni bo‘yicha rekordchiga aylandi

10.07.2020, 19:58

«Manchester Yunayted»ning ispaniyalik darvozaboni David De Xea o‘yinlari soni bo‘yicha xorijlik futbolchilar orasida klub rekorchisiga aylandi.

APL 34-turi doirasidagi «Aston Villa» bilan bahs golkiper uchun «Yunayted» safidagi 399-o‘yinga aylandi. Bu borada David jamoaning afsonaviy darvozaboni Peter Shmeyxelni ortda qoldirdi.

De Xea «Manchester Yunayted»ga 2011 yilning yozida o‘tgan edi. O‘shanda manchesterliklar 20 yoshli darvozabon uchun «Atletiko»ga 25 million yevro transfer puli to‘lagan.

Ma’lumot uchun, De Xea joriy mavsumda APL doirasida «MYu» safida 33 o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 33 ta gol o‘tkazib yuborgan. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha amal qiladi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
12.07

romero qariyabdi henderson zorligini isbotlab qoydi 2varatabon qilish kere

  [off]
10.07

Henersonni sotish kelajakni sotish bilan varabar

  [off]
10.07

De xea yana ozini saviyasiga qaytyapti, Xenderson xali beri asosiy varatar bomidiyov, 5-6 yil shu formasini ushab tura oladi jamoa kuchaytirilsa Dexea xam ornini xech kimga berib qoymaydi, korinib turipti oziga bolgan ishonchi qaytipti, Xendersonga yaxshi pul taklif qilinsa sotish kerak, bolani umidvor qilmasdan, Romero xam ajoyib formada.
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты