Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Yunayted» penalti tepish bo‘yicha APL rekordini takrorladi

10.07.2020, 20:07

«Manchester Yunayted» Angliya chempionatining 34-turida «Aston Villa» maydoniga safar qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 27-daqiqasida «qizil iblislar» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh 11 metrlik penalti zarbasini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.

«Manchester Yunayted» uchun bu Angliya Premer Ligasining joriy mavsumidagi 13-penalti bo‘ldi. Shu tariqa Manchester klubi ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha musobaqa rekordini takrorladi. Bundan oldin xuddi shunday natijani 2015/16-yilgi mavsumda «Lester» qayd etgandi. «Lester»gacha esa 2004/05-yilgi mavsumda «Kristal Pelas» ham 13 marta penaltidan foydalangan.

Umumiy olganda Ole-Gunnar Sulsher boshchiligidagi jamoa 2019/20-yilgi mavsumda barcha turnirlarda 18 marotaba penalti tepgan.

«Manchester Yunayted» 34-turdan keyin 58 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. Navbatdagi turda jamoa o‘z maydonida «Sauthempton»ni qabul qiladi.

Manba: www.daryo.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
10.07

Bixda ayb yo xamma ayb ....

  [off]
10.07

Hujumchilarimiz umuman oyinchilarimizni kop dribling ishlatayotgandan dalolat beradi, toxtatib qolishni ysgona yoli bu qopollik
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты