Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Yevropa Ligasining chorak final va yarim final o‘yinlariga qur’a tashlandi

10.07.2020, 20:50

UEFAning Nyondagi (Shveysariya) qarorgohida futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi musobaqasining chorak final va yarim final uchrashuvlariga qur’a tashlandi.

Qur’aga ko‘ra chorak final juftliklar quyidagi ko‘rinishni oldi:

1-juftlik. «Volfsburg» / «Shaxtyor» – «Ayntraxt» / «Bazel»

2-juftlik. LASK / «Manchester Yunayted» – «Istanbul» / «Kopengagen»

3-juftlik. «Inter» / «Xetafe» – «Reynjers» / «Bayer»

4-juftlik. «Olimpiakos» / «Vulverhempton» – «Sevilya» / «Roma»

[Изображение удалено]

Yarim final:

1-juftlik. Chorak finalning 4-juftlik g‘olibi – Chorak finalning 2-juftlik g‘olibi

2-juftlik. Chorak finalning 3-juftlik g‘olibi – Chorak finalning 1-juftlik g‘olibi

Final

Finalning nominal mezboni yarim finalning 1-juftligi g‘olibi bo‘ladi.

[Изображение удалено]

Quyidagi juftliklar 1/8 finalning javob o‘yinida ishtirok etadi, uchrashuvlar 5-6-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi:

«Kopengagen» – «Istanbul» (0:1 – ilk o‘yin)

«Olimpiakos» – «Vulverhempton» (1:1)

«Bayer» – «Reynjers» (3:1)

«Volfsburg» – «Shaxtyor» (1:2)

«Bazel» – «Ayntraxt» (3:0)

«Manchester Yunayted» – LASK (5:0)

1/8 finalning ikkita juftligi birinchi o‘yinni o‘tkazishga ulgurmagan: «Inter» – «Xetafe» va «Sevilya» – «Roma». Mazkur juftliklar g‘olibi bir o‘yinda aniqlanadi.

Yevropa Ligasining chorak final, yarim final va final uchrashuvlari Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Har bir juftlik bir marta o‘yin o‘tkazadi, ya’ni kelasi bosqich masalasi bir o‘yinda hal bo‘ladi.

Chorak finallar 10-11-avgust kunlari bo‘lib o‘tsa, yarim finallar 16-17-avgustga mo‘ljallangan. Final 21-avgust kuni Kyolnda bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.daryo.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
11.07

Volvs noqulay raqibkuya lekin, Xozirgi Myu yorib tashlaydi xudo xoxlasa.

  HasanDjuraev [off]
11.07

Интер муаммо эмас Волвс шу муаммо

  [off]
11.07

Yarim final: Vulverxepton 0 : 2 Myu
Final: Inter 1 : 3 Myu

  Golden boy [off]
10.07

Interni yanchib tashlab Lukakuni bir afsuslantiraylik

  Golden boy [off]
10.07

Favaritlardan biri Inter bn faqat finalda to‘qnash kelishimz mumkun
Umumiy: 5

© 2023 Uzbek Reds
Контакты