Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Gari Nevill: «Manchester Yunayted» APLda hukmronlik qilmoqda»

11.07.2020, 06:47

«Manchester Yunayted» sobiq sardori Gari Nevill Manchester klubining Angliya chempionati restartidan keyingi o‘yinlariga baho berdi.

Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari mavsum davom ettirilganidan so‘ng olti o‘yin o‘tkazib, besh g‘alaba va bir durang qayd etdi.

«MYu so‘nggi bahslarda yuqori darajada o‘yin namoyish etmoqda. Ular oldin qiyinchilik bilan mag‘lub etgan raqiblarini osonlik bilan taslim qilmoqda.

Ular «Manchester Siti» va «Liverpul» kabi saviyaga chiqishga hali vaqtli, biroq ular jismoniy holatini tiklab oldi. Ayni vaqtda «MYu» APLda hukmronlik qilmoqda», – deydi Nevill.

Angliya chempionati 34-turidan so‘ng Sulsher jamoasi 58 ochko bilan beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Ular keyingi turda o‘z maydonida «Sauthempton»ni qabul qiladi.

Manba: www.sports.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  Golden boy [off]
11.07

Avvallari liverpool yevropa ligasi un kurashib yurardi Karragerni ovozi umuman chiqmasdi eni apl va echl ni yutganiga liverni tili chiqibdi Karragerni

  [off]
11.07

Nevill hali Karragerni ustidan kulishga vaqting bo'ladi Rebanch olasan

  [off]
11.07

Nevildan yaxshi fikr, xadeb yomon tomonini gapirardi, mana yaxshi gaplar boshlandi.
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты