Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» va «Roma» o‘rtasidagi kelishuv shartlari ma’lum bo‘ldi

11.07.2020, 06:52

«Roma» ijara asosida to‘p surayotgan «Manchester Yunayted» himoyachisi Kris Smollingni jamoada saqlab qolmoqchi.

Rim klubi 30 yoshli futbolchining ijarasi uchun 3 million yevro va uning to‘laqonli transferi uchun 15 million yevro taklif qilmoqda.

Shu tariqa, «Roma» tomonidan «qizil iblislar»ga himoyachi uchun umumiy 18 million yevro to‘lanadi. «Manchester Yunayted» esa Smolling transferidan 25 million yevro ishlab olmoqchi.

Sportitalia nashri ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar 20 million yevroga kelishib olgan bo‘lishlari mumkin.

Manba: www.sports.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
11.07

Oynatib kordik Smollingni yaxshi ximoyachi, Lindelyofdan xam yaxshi bolishi mumkin lekin, Myu darajasidagi ximoyachi emas, shuning uchun uni tezroq sotib +Bayini xam Valensiyaga momaygina pulga, Bitta yaxshi TOP ximoyachi olishimiz shart.

  Ruud Van Nistelrooy [off]
11.07

Lendelyofdan ancha yaxshi uynedi sotmaslik kerak
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты