Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Himoyachi «Manchester Yunayted»dan ketmoqchi

11.07.2020, 07:54

«Manchester Yunayted» himoyachisi Markos Roxo yozda jamoani tark etishi mumkin, deya xabar bermoqda The Sun.

Manbaga ko‘ra, ayni vaqtda «Estudiantes» klubida ijara asosida to‘p surayotgan argentinalik futbolchining agenti «qizil iblislar» rahbariyatiga mijozini qo‘yib yuborishini so‘ragan.

Roxo «MYu» safida 2014 yildan buyon to‘p surib keladi. Joriy mavsumda 30 yoshli futbolchi mankunianliklar safida barcha turnirlarda 9 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Manba: www.sports.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
12.07

togri omadsiz tranfer omas senga roxo

  [off]
12.07

niyatizga yettingiz

  Doniyor xiva [off]
11.07

Shwfilddan galaba kutamiz bugun

  [off]
11.07

Qahramon Aslanov maqolasi: Kim tezroq APL chempionligini qo‘lga kiritadi: Sulsher yoki Lempard?
#

Avvalroq, qishda, "Chelsi" va "Manchester Yunayted" o‘xshash ravishda, tarkibda bir qator yoshlar bilan yaxshi o‘yinlar ko‘rsatib yurganida, bu ikki jamoani solishtirgandim va Sulsherning vazifasi Lempardga nisbatan qiyinroq ekanini aytgandim.

Sababi, "MYU"dan farqli ravishda "Chelsi" tarkibida Jorjinyo, Kante, Aspi, Villian kabi o‘z vaqtida Angliyada chempion bo‘lgan futbolchilar bo‘lib, o‘yin asosan ularning ustiga qurilayotgandi. Sulsherda esa, unday sharoit yo‘q, jamoa rostanam g‘o‘r edi.

Oradan bir necha oy o‘tib, endi, agar yangi jamoa qurish haqida gap borsa, "MYU" bir qadam oldinroqda ekanini ko‘ramiz, buning sababi ham, yuqoridagi fikrlardan kelib chiqadi.

"Yunayted" kelasi mavsumda hujumda, himoyada va yarimhimoyada kimlar bilan o‘ynashini hozirdan biladi — yetishmayotgan ba’zi murvatlar, zaxira variantlari va jamoa saviyasini oshirishda aniq pozisiya uchun yulduz sotib olinadi, bo‘ldi.

Shu nuqtai nazardan, Lempardning ishi hali ko‘p:

1) Jorjinyoning o‘rni qanday bo‘ladi. Go‘yoki Lempard Italiyalik futbolchiga ishonmayotgandek tuyulyapti.

2) Kanteni saqlab qolinadimi?

3) Karantindan keyin "Chelsi"ning har golida ishtirok etayotgan Villian hali ham yangi shartnomaga rozi bo‘lmadi.

4) Himoyada Aspidan boshqa futbolchilarning o‘rni bahsli, na Zuma, na Kristiansenni biz kelajakdagi "Chelsi"ning asosiy futbolchisi deya olamiz.

5) Abraham kuzda yangi top futbolchidek edi, hozir esa, ishonchni oqlay olmayapti. Vernerning transferi bejizmas.

Xullas, "Chelsi"da darvozabondan tortib, barcha chiziqlarda kim, qaysi bog‘lamlar harakat qilishi haligacha aniqmasdek. Pulishich, Maunt va Jeyms bu mavsumning eng yorqin nuqtalari sifatida aytilishi mumkin bo‘lsa-da, bu futbolchilar poydevormas, ijrochi sifatida Lempardning qurollari bo‘lishadi xolos.

Shu paytda esa, Sulsher har bir chiziqda asosiy o‘yinchi kim-u, aynan o‘sha futbolchining zaxira variantida kim o‘tiradi, bilib bo‘ldi.

Kutilayotgan Jeydon Sancho transferi ham hatto, hozir har o‘yinda gol urayotgan Grinvudning pozisiyasiga kelyapti. Ya’ni, yangi futbolchidan xuddi Verner singari bugun va tez gol kutishmaydi, Sancho kelgan taqdirdayam, bemalol, klubga moslashib olish imkoniga ega bo‘ladi.

Albatta, bu fikrlar uzoq muddatli davr uchun qilinayotgan ishlar haqida xolos. Bu ikki jamoadan qaysi biri avvalroq sovrin yutadi, buni bilmayman. Qisqa muddatli loyihalar bilan chempionlikka erishish ham "Chelsi"ning xususiyatlaridan biri, Konte va Joze davrini eslang. Bu ham bo‘lishi mumkin.

Yuqoridagi fikrlar, shunchaki, sobiq jamoasida avlodlar almashinuvining boshida turishi kerak bo‘lgan ikki afsonaning ishiga berilgan joriy baho. Kim yuqoriroq o‘rin olishidan qat’i nazar, Sulsher bir qadam oldinda, nazarimda.

Qahramon Aslanov

  Javlon [off]
11.07

21




FUTBOL YANGILIKLARI
Жейдон Санчо «Манчестер Юнайтед»га ўтишга яқин


Дортмунднинг «Боруссия» клуби ҳужумкор яримҳимоячиси Жейдон Санчо «Манчестер Юнайтед» клубига ўтишга яқин, дея ёзмоқда Express.de.

Манбанинг хабар беришича, немис клуби ҳозирги молиявий ҳолатини яхшилаш учун «Манчестер Юнайтед» билан бир тўхтамга келишга тайёр. Дортмунд клуби раҳбарияти коронавирус пандемияси сабабли 45 миллион евро зарар кўрганлиги сабабли янги мавсум олдидан маблағга эҳтиёжлик сезади.

Санчонинг «Боруссия» билан амалдаги шартномаси 2022 йилгача белгиланган. Англиялик футболчининг ўзи ҳам Премьер-лигада тўп суриш учун Бундеслига клубини тарк этмоқчи.

Маълумот учун, Санчо жорий мавсумда жами 44 ўйинда 20та гол ва 20та голли узатмага муаллифлик қилган.

  [off]
11.07

De Gea(Din Xenderson),
Wan Bisakka(Diego Dalot)
Viktor Lindelyof(Erik Bayi)
Harry Maguayr(Dayo Upamekano)
Lyuk Shou(Brendon Williams)
Scott Mactominay(Fred)
Pol Pogba(Nemanya Matic)
Bruno Fernandesh(Jek Grilish)
Jeydon Sancho(Meyson Greenwood)
Marcus Reshford(Daniel Jeyms)
Antony Marsial(Luca Yovich)

  [off]
11.07

Roxo yaxshi himoyachi faqat jarohatga moyilroq omad Roxo hozir bizga transferga pul kerak

  [off]
11.07

Oq yol Roxo, eng omadsiz transferlarimizdan biri! ALBATTA SANCHESDAN KEYIN
Umumiy: 8

© 2023 Uzbek Reds
Контакты