Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Yunayted» penaltilar soni bo‘yicha APL rekordchisiga aylandi

27.07.2020, 05:27

APL 38-turi doirasidagi «Lester» – «Manchester Yunayted» (0:2) uchrashuvida Brunu Fernandesh manchesterliklarning dastlabki golini penaltidan kiritdi.

O‘yinning 71-daqiqasida Antoni Marsyalga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun belgilangan 11 metrlik jarima zarbasini portugaliyalik yarim himoyachi mohirona zarba bilan amalga oshirib, Shmeyxel darvozasini ishg‘ol etdi.

Ushbu 11 metrlik jarima to‘pi «Manchester Yunayted»ning Premer Liga joriy mavsumidagi 14-penaltisiga aylandi. Bu turnir tarixidagi rekordga aylandi.

Bungacha bir mavsumda klublar tomonidan kiritilgan eng ko‘p penalti 13 ta bo‘lib, hakamlar 2015/16 yilgi mavsumda «Lester» va 2004/05 yilgi chempionatda «Kristal Pelas» raqiblari darvozasi tomon shuncha penalti belgilashgan edi.

Eslatib o‘tamiz, «MYu» chempionatni 3-o‘rinda yakunlab, keyingi mavsum Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
27.07

transfer kere haqqatta

  [off]
27.07

Endi traansferlarni tezlashtirish kere

  [off]
27.07

Fellayni Myudagi ishi xam shu edi, Mourinyoni yashirin quroli desaxam boladi. Benazir janoblari Zlatan ikkalasini oldinga chiqarib oxirgi daqiqalards oyinni qutqarib qolardi.

  [off]
27.07

Felayni hitoy chempionatida 8 minutda 3 gol bosh bilan qoyil

  [off]
27.07

АДМИН трансфер янгиликлардан тез тез хабардор килиб туринг.

  [off]
27.07

Hammayoq rekord qoil
Umumiy: 6

© 2023 Uzbek Reds
Контакты