Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

David De Xea afsonaviy Peter Shmeyxelning rekordini yangiladi

27.07.2020, 13:05

«Manchester Yunayted» darvozaboni David De Xea Angliya Premer Ligasida eng ko‘p «quruq» o‘yin o‘tkazish bo‘yicha klub rekordini o‘rnatdi.

Premer Liganing 38-turidan o‘rin olgan «Lester»ga qarshi bahs (2:0) De Xea uchun 113-«quruq» o‘yin bo‘ldi. David ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha «Manchester Yunayted»ning afsonaviy darvozaboni Peter Shmeyxelni (112) ortda qoldirdi.

Ma’lumot o‘rnida, De Xea «Manchester Yunayted»ga 2011-yilning yozida «Atletiko»dan ko‘chib o‘tgan. Yakuniga yetgan 2019/20-yilgi mavsumda 29 yoshli ispaniyalik posbon APL doirasida 38 o‘yinda maydonga tushib, 36 ta gol o‘tkazib yuborgan va ikkita sariq kartochka ishlab olgan. Uning ingliz klubi bilan shartnomasi 2023-yilning yoziga qadar amal qiladi.

«Manchester Yunayted» esa mavsumni 3-pog‘onada yakunladi va va Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Manba: www.daryo.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
27.07

Statistiks zor, faqat kerakli oyinlarda 2-3ts katta xatolar qildi DeXea

  [off]
27.07

Keyingi mavsumga kimni Asosiy qilar ekan Sulsher xozir xammaga qiziq.

  [off]
27.07

de gea aslinga tezro qayt
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты