Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Roy Kin: «Bu mavsumda Lempard Sulsherdan yaxshiroq ishladi»

27.07.2020, 16:33

«Manchester Yunayted» sobiq futbolchisi Roy Kin «Chelsi» bosh murabbiyi Frenk Lempard va «MYu» murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherning joriy mavsumdagi ishini taqqosladi.

«Aytishim kerakki, Frenk bu mavsumda Sulsherdan yaxshiroq ishladi. To‘g‘risi, ular boshqaruvidagi jamoalar mavsum davomida o‘rtacha saviyada o‘yin ko‘rsatsa kerak, deb taxmin qilgandim, ammo Lempard o‘z ishini juda yaxshi uddaladi.

U chempionat davomida muhim qarorlarni qabul qildi, yoshlarni asosiy tarkibga qo‘rqmay jalb etdi. Imkoniyatga ega bo‘lgan iqtidorlar bugunga kelib barchaga o‘zlarini ko‘rsata olishdi. Bu ulkan mehnatning samarasi.

«Chelsi» mavsumni top-4da yakunladi. Agar bu jamoa Angliya Kubogini qo‘lga kirita olsa, Lempard uchun yil ajoyib o‘tgan bo‘ladi.

Frenk to‘rtlikdan joy olgani uning uchun juda katta natija emasligini aytgan bo‘lsa-da, bu «Chelsi» uchun oldinga tashlangan ulkan qadam», – deydi Kin.

Ma’lumot uchun, «Chelsi» 1 avgust kuni Angliya Kubogi finali doirasida «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum avvali bilan hisoblaganda «Manchester Yunayted» transferlar uchun 190 mln funt sarflagan bo‘lsa, «Chelsi» FIFA tomonidan qo‘yilgan taqiq tufayli transferlarni amalga oshira olmagandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
27.07

ozi bu murabbiy bolib hech nima qilolmay haydalgandi yana aql orgatyaptimi. Shulsher buyuk jamoalar qarshi super oyin qildi. Agar Glezerlar Abramovich kabi pulni ayamasa Shulsher nomer 1 bolardi. ikki uch transfer bn jamoani qanday kuchaytirdi.shulsherga transfer kk.

  [off]
27.07

lemprt sulsher toqnashuvida sulsher 1-3 ga yutdi mana kim zor

  [off]
27.07

Рой кинни карантинда уйида утиравериб мияси айниб колибди шекилли уё буёга чикиб туринг окаси

  [off]
27.07

Xa korinib turipdi shuning uchun myu3 chelsi 4 orin ekanda

  [off]
27.07

Lekin Lindelof zuma yoki rudigardan yaxshiroq 2 qavatda zaif lekin driblingga tushmaydi Maguireni hatolarini yopib yurdi juda kop vaziyatda ularda asosiy himoya Rudigarga qoldi keyin kepa ham oyini chiqmadi shuning uchun biz yutdik ularni ulardan yuqoridamiz

  [off]
27.07

myu eng nozik tarafi markaziy himoya lendelofi shanpanskiga otqizib uchurishkere bita yarim himoyachi osa boldi kop oyinchi keremas

  [off]
27.07

chelsi transfer qilmabdimush ho mol kovacic pulishic nima unda keyin zouma maunt abrahm loftik chik bula ijaradan kelgan bolsa ham chetni havosini olgan demak bu ham transfer keyin.

  [off]
27.07

fikr bildirishdan oldin biror bir jamoani boshqarib keyin gapirrrrrr

  [off]
27.07

Myu Sancho borasida Borussiyaga 98 milonlik taklif junatib rad javobini olibdi Sancho uchun 120 milon surqyabdikan

  [off]
27.07

Rasman chelse Kay Xaverts borasida muzokarlari boshlabdi 80 milonlik atrofida muzokara oboryabdikan

  [off]
27.07

Shu gapingga Sulshernikini yebsan. Sulsher qancha jaroxatla bn shu xolatga yetib kelsayu bu lempardni natijasidan yomon ekan. Sulsher 3-orinni egalladi. Yevropa ligasida xali kurashyapti. Chelse transfer qilmagan emish chelsi 1 yil oldin transferlarni xal qilib ijaraga bergandi fudbolchilarni. Chelseni tarkibi myunikidan kuchli aslida. Myu kim bor yetakchi endi bruno keldi. Chelsida yaxshi ijrochilar yetarli. Bizda asosiy hujumchi Marsiyal trammada edi. Pogba trammada edi. Shu un bu Kin tomi ketibdi.

  Javlon [off]
27.07

Рой кин сени фикринг хозир кимга кизик
Umumiy: 12

© 2023 Uzbek Reds
Контакты