Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Lyuk Shou Yevropa Ligasi o‘yinlarida «MYu»ga yordam bera olmaydi

01.08.2020, 17:13

«Manchester Yunayted» himoyachisi Lyuk Shouning jarohati taxmin qilinganidan jiddiyroq bo‘lib chiqdi.

Klub rasmiy saytining yozishicha, Angliya chempionati doirasidagi «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yinda jarohat olgan Shouning oyog‘i tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganida angliyalik futbolchi to‘piq paylari cho‘zilgani ma’lum bo‘lgan. Jarohatdan tiklanish uchun qariyb bir oy vaqt sarflanishi bois, Shou Yevropa Ligasi bahslarida jamoasiga yordam bera olmaydi. Himoyachi yangi mavsum boshlanishi arafasida safga qaytishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «MYu» 5 avgust kuni Yevropa Ligasi 1/8 final javob uchrashuvi doirasida LASK klubiga qarshi maydonga tushadi. Safardagi birinchi o‘yinda «Yunayted» 5:0 hisobida zafar quchgandi.

Ma’lumot uchun, Shou joriy mavsumda «MYu» safida jami 33 o‘yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qilgan.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
02.08

Urniga dalot o‘ynasa yaxshi bo‘lardi shu bolani o‘ynini bir ko‘raylikch

  [off]
02.08

Show yaxshi oyinchi kop travma osa ornida daloti oynatib korish kere yoki boshqa oyinchi olish kere 2 darajali oyinla un wilms bn fosumensala qovuni bozorda ishlashi kere

  [off]
02.08

Sanchoni transferi haqida shu saytan boshqa hich qatta korinmayaptyu

  [off]
01.08

tezroq qaytsinda

  [off]
01.08

qimmat arzimaydi

  [off]
01.08

Rasmiy xabar tezroq chiqa qolsin

  [off]
01.08

Рахмат яхши хабарлар учун мухриддин.

  [off]
01.08

Manchester United Jadon Sancho bilan shartnoma imzolagan va transfer 110million evroga tushgan. Futbolchining o'zi esa klubda 16million evro topadi. Rasmiy habar yaqin orada e'lon qilinadi.

  [off]
01.08

@Man_United_News mana shu kanaldan keldi Jahongir

  [off]
01.08

yangilimasu show prosta bu mavsum kop o'yanadi koz tegdi roys bl show bir hil 3 oy oynidi 5 oy tramma

  [off]
01.08

Abduvali qaysi telegram kanalidan keldi? Deyarli hammasida borman. Togri habar bolsa zor bolardi. Tezroq xal bolsin shu transfer

  [off]
01.08

Qadrli fanatdoshlar MYU Sanchoni olibdi. Telegramdagi rasmiy saytlarga keldi xabarlar

  [off]
01.08

Янги сезонгача тушурмаслик керак эртачи тузалган такдирда хам Европа лигасига тулик 2 таркиб билан уйнаса хам булади.Шоу тезрок тузалишингни тилайман.

  [off]
01.08

Tezroq tuzalib ketgin

  [off]
01.08

Sog'ayib ket Shou
Umumiy: 15

© 2023 Uzbek Reds
Контакты