Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Matich: «Manchester Yunayted» keyingi mavsumda chempionlik uchun kurashishi shart»

02.08.2020, 06:38

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Nemanya Matich yakunlangan mavsum yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

«Shaxsan men «MYu» bilan Angliya chempionatida g‘olib chiqishni istayman. Bizning klub doim chempionlik uchun kurashishi kerak. Doim klub uchun eng yaxshi bo‘lgan natija sari intilishimiz lozim. Buning uchun oxirigacha kurashishimiz shart. Albatta, jamoamiz yosh. Ammo, bu bahona bo‘la olmaydi. Jamoadagi yosh yigitlar allaqachon bir necha mavsum o‘tkazishga ulgurishgan. Demak, keyingi mavsumda chempionlik uchun kurasha olamiz. Jamoadoshlarim ham xuddi mendek o‘ylashlari aniq. Nima bo‘lganda ham g‘oliblik uchun navbatdagi mavsumda oxirigacha kurash olib boramiz», – deydi Matich.

Manba: www.championat.asia

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
02.08

yangilimasu biz har mavsum kurashimiz kere

  [off]
02.08

Transfer bozori ochilganmi
Nimaga myudagilar jim

  [off]
02.08

Zahiradagi öynchila asosiy tarkib öynchilarini örnini bosolmayapti.transfer qilish kerak yoki Lemprdga öxshab akademiyadan opchiqish kerak.

  [off]
02.08

Olga

  [off]
02.08

Malades bollarni ortingdan ergashtir chempionlik tamon olg'a MAN UNITED
Umumiy: 5

© 2023 Uzbek Reds
Контакты