Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Yunayted» o‘ziga mos darvozabon topdi

02.08.2020, 14:08

David de Xeaning o‘yinidan qoniqmagan «Manchester Yunayted» hamon ishonchli darvozabon qidirmoqda. Ayni paytda manchesterliklar e’tiborini «Lester» posboni Kasper Shmeyxel tortmoqda.

Daniyalik darvozabon 2011 yildan buyon «Lester» sharafini himoya qilmoqda va 2016 yilda jamoasining Angliya chempionatida g‘olib chiqishiga munosib hissa qo‘shgan. Kasperning o‘zi ham jamoasini almashtirishga qarshi emas. Qolaversa, uning otasi Peter Shmeyxel o‘z vaqtida «Manchester Yunayted» darvozaboni sifatida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgan.

Ispaniyalik David de Xea ham 2011 yildan buyon «Manchester Yunayted» darvozasini qo‘riqlab kelmoqda. Avvalgi yillardan farqli o‘laroq, David keyingi paytda natijaga ta’sir qiladigan qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ya boshladi. Shuning uchun «Manchester Yunayted» uning o‘rniga Din Xenderson, Yan Oblak va Kasper Shmeyxel nomzodlarini ko‘rib chiqmoqda.

Manba: www.sports.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
02.08

Ромерони олиб колиш керак
Umumiy: 21
« 1 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты