Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu»ning iyul oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

02.08.2020, 21:38

«Manchester Yunayted» rasmiy veb-sahifasida iyul oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnomada Meyson Grinvud g‘olib bo‘ldi.

18 yoshli futbolchi so‘rovnomada 46 foiz ovoz bilan Antoni Marsyal va Brunu Fernandeshni ortda qoldirdi va faoliyati davomida birinchi marotaba ushbu unvonni qo‘lga kiritdi.

Iyul oyida Grinvud jami to‘rtta golga mualliflik qildi. U «Bornmut», «Aston Villa» va «Vest Xem» darvozalarini ishg‘ol qildi.

2019/20 mavsumda «Manchester Yunayted»da oy futbolchisi unvonini qo‘lga kiritgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing:

Avgust – Deniel Jeyms; sentyabr – Skott MakTominey; oktyabr – Skott MakTominey; noyabr – Markus Reshford; dekabr – Markus Reshford; yanvar – Fred; fevral – Brunu Fernandesh; mart – Brunu Fernandesh; iyun – Brunu Fernandesh; iyul – Meyson Grinvud.

Manba: www.sports.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
03.08

Faqat olg'a

  [off]
02.08

Ха ҳақиқат

  [off]
02.08

haqli ravishda oldi. faqat yulduzlik kasaliga duchor bolma

  [off]
02.08

Shu kayfiyatda davom et grenvood

  [off]
02.08

Grinvud molodes
Umumiy: 5

© 2023 Uzbek Reds
Контакты