Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Sulsher Sanchesning «MYu»dagi kelajagiga oydinlik kiritdi

06.08.2020, 13:38

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Yevropa Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan LASKga (2:1) qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida «Inter»da ijarada o‘ynayotgan, aslida «MYu»ga tegishli bo‘lgan chililik hujumchi Aleksis Sanchesning jamoadan ketishi haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sanchesning «Inter»dagi ijara muddati uzaytirilishi haqida aytilgandi.

«Sanches? Ha, Men uning ketishini tasdiqlayman. Aleksis o‘zini Italiyada a’lo darajada ko‘rsatdi. U – zo‘r o‘yinchi. Unga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz», – deb Sulsherning so‘zlarini keltiradi BBC.

Shuningdek, norvegiyalik mutaxassis LASK bilan bahsdagi jamoasining o‘yini haqida gapirdi.

«Futbolchilar jangovarlikni saqlab qolish uchun muntazam o‘ynashlari kerak. Ba’zi futbolchilar uzoq vaqt mashq qilmadilar.

Biz g‘alaba qozondik va yosh Teden Menji debyutini o‘tkazdi. U – biz ishonadigan markaziy himoyachi. U kuchli, tezkor, to‘p bilan yaxshi harakatlanadi», – deydi Ole.

Ma’lumot o‘rnida, mankunianliklar turnir chorak finalida «Kopengagen» bilan bahs yutirishadi. O‘yin 10 avgust kuni Germaniyada bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
06.08

Zor xabar

  [off]
06.08

Энди санчони ол
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты