Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Rasman: Aleksis Sanches «Inter» futbolchisiga aylandi

06.08.2020, 14:45

Transferi huquqi «Manchester Yunayted»ga tegishli bo‘lgan chililik futbolchi Aleksis Sanches faoliyatini to‘laqonli tarzda «Inter»da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda milanliklar matbuot xizmati xabar berdi.

31 yoshli futbolchi «Inter» bilan 2023-yil 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan bitim imzoladi. Qayd etilishicha, milanliklar Sanchesni tekinga qo‘lga kiritdi. Aleksis «Manchester Yunayted» bilan shartnomasini bekor qilgan holda «Inter» bilan erkin agent sifatida shartnoma tuzgan.

Avvalroq Sanchesning «Inter»da yiliga 7 million yevro maosh olishi ma’lum bo‘lgandi.

Aleksis Sanches 2019/20-yilgi mavsumni ijara asosida aynan «Inter» safida o‘tkazdi. U klub safida barcha musobaqalarda 29 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hakamlar tomonidan 3 ta sariq va 1 ta qizil kartochka bilan siylandi.

Manba: www.daryo.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
06.08

Shu tezroq sanchoni ham rasman degan joyini eshitsak yaxshi bolardi

  [off]
06.08

Manimcha Sanchesni eng foydali iwi ham bitta bo'gan Myuda Nyukasl bilan come back bo'lgan o'yinda(0:2) (3:2) hal qiluvchi golni bowi bilan urgandi uwani eslayman tag'inam bilmadim.

  [off]
06.08

Manimcha Sanchesni eng foydali iwi ham bitta bo'gan Myuda Nyukasl bilan come back bo'lgan o'yinda(0:2) (3:2) hal qiluvchi golni bowi bilan urgandi uwani eslayman tag'inam bilmadim.

  [off]
06.08

Eshitdilami sancho borasida myu dortmunt bn kelishibdi

  [off]
06.08

Худога шукур кутилдик

  Nodirjon [off]
06.08

Бу очофат шунча еб еб текинга кетгани чакки бўлдида

  [off]
06.08

Yaxshi xaftasiga 400ming funt tejaladi
Umumiy: 7

© 2023 Uzbek Reds
Контакты