Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Yunayted» jamoalarga muammoni hal qilish yo‘lini o‘rgatdi

06.08.2020, 17:43

Katta maosh va qimmat transferga ega bo‘lib, bosh murabbiyning o‘yin sxemasiga tushmagan yulduz futbolchilar grand klublarning eng katta bosh og‘rig‘i hisoblanadi.

«Manchester Yunayted» Yevropaning eng qudratli klublariga bunday vaziyatda nima qilish kerakligini ko‘rsatib qo‘ydi. Manchesterliklar o‘zini ko‘rsatolmagan, lekin klubda eng katta – yiliga 20 million yevro maosh oladigan Aleksis Sanchesni «Inter»ga bepul hadya qilib yubordi va shu orqali 60 million yevroni tejab qoldi.

Endi grand klublar ham shu yo‘lni tutishi kutilyapti. Xususan, «Real» Garet Beyldan (yillik maoshi 15 million yevro), Xames Rodrigesdan (17 million), «Barselona» Filippe Koutinodan (11 million), «Arsenal» Mesut O’zildan (20 million), «Chelsi» Kepa Arrisabalagadan (11 million) qutilishi kerak.

Manba: www.sports.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
06.08

Zorku

  [off]
06.08

Mana buni ishni to'g'ri tashkil qilish deyiladi
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты