Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

APL keyingi mavsumda 5 ta almashtirishdan voz kechdi

06.08.2020, 20:38

Angliya Premer Ligasi klublari 2020/21 mavsumida VAR tizimidan foydalanish masalasi va o‘yin davomida almashtirishlar sonini muhokama qilishdi.

Natijada, avvalgidek 3 ta o‘zgarishga qaytish haqida qaror qabul qilindi. Bunda qaydnomaga kiritilgan zaxiradagi futbolchilar soni 7 nafardan oshmasligi lozim.

BBC Sport xabariga ko‘ra, ko‘plab klublar koronavirus pandemiyasi tufayli joriy qilingan 5 ta almashtirish qoidasi kuchli jamoalarga qo‘l kelayapti, deb hisoblashdi.

Shuningdek, yig‘ilishda VAR tizimidan FIFA qoidalariga asosan foydalanish haqidagi qaror ma’qullandi.

Avvalroq, Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) 5 ta almashtirish qoidasini keyingi mavsumga ham joriy qilgan, ammo har bir liga bu haqda mustaqil qaror qabul qilishi lozimligini belgilagan edi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
07.08

Ингилиз журналислари тилвидинясида айти дустлар
a

  admin [off]
06.08

Далот утган хафтадаги машгулотлар вактида яна жарохат олибди. Бир тийнга киммат уйинчи шу. Келганда узи жарохат билан келганди, МЮдаги фаолияти хам жарохат билан утиб кетяпти. Бундай уйинчилардан тезрок кутилиш керак.
a

  admin [off]
06.08

Санчо хакида хеч кандай хабар ёк.

  [off]
06.08

Yunusali ...
Qayyerdan oldinz bu xanarni ..

  [off]
06.08

Санчо мю даааааааа

  [off]
06.08

Yaxshi qaror bopti 3ta oyinchi almashsa qiziqroq intriga saqlanib turadi. Bomasa 5ta oyinchi zamen qip oyin mohiyati ozgaryapti
Umumiy: 6

© 2023 Uzbek Reds
Контакты