Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Skoulz: «Xayriyatki, «MYu» Sanchesdan qutildi»

07.08.2020, 05:18

«Manchester Yunayted» klubi sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz chililik hujumchi Aleksis Sanchesning jamoadan ketgani haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Xayriyatki, «Manchester Yunayted» Sanchesdan qutildi. U «Old Trafford»da juda yomon o‘ynadi. Bu Aleks Fergyuson ketganidan so‘ng amalga oshirilgan eng yomon transferlardan biri edi.

Aleksis «Barselona» va «Arsenal»da yaxshi o‘ynadi, ammo «Manchester Yunayted»da muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Jamoani Sulsher o‘z qo‘liga olganidan xursandman. Endi seleksiya ishlari ham to‘g‘ri yo‘lga qo‘yiladi», – deydi Skoulz.

Manba: www.sports.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
07.08

Сулшер узини ёнига Сколсни ёрдамчи килиб олиши керак манимча Сулшер Карик Сколс булар Фергуссонинг олмосларику булар

  [off]
07.08

Xayriyat
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты