Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Yunayted» shartnoma bekor qilinishi sabab Aleksis Sanchesga qancha mablag‘ to‘lagani ma’lum bo‘ldi

07.08.2020, 13:04

Chililik futbolchi Aleksis Sanches «Manchester Yunayted» bilan o‘rtadagi shartnomasini bekor qilgan holda Milanning «Inter» klubi a’zosiga aylangani haqida xabar berilgandi.

The Guardian nashri Sanchesning qaysi shartlar asosida «Inter»ga yo‘l olgani haqida ma’lumotlarni oshkor qildi.

Qayd etilishicha, shartnomaning muddatidan avval bekor qilinishi sabab «Manchester Yunayted» Sanchesga 7,5 million funt sterling miqdoridagi mablag‘ni to‘lagan. Mankunianlar bu orqali 40 million funt tejab qolgan. Boisi Sanches yana ikki yil «Yunayted»da qolganida shartnomaga ko‘ra aynan shuncha mablag‘ ishlab topardi.

Aleksis «Manchester Yunayted»da haftasiga 390 ming funt ishlab topgan. Klub hatto Sanches «Inter»da ijarada bo‘lgan vaqtda ham ushbu mablag‘ning ma’lum qismini to‘lab borgan.

Manba: www.daryo.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
07.08

sancho haqida xabarla yomi

  [off]
07.08

bu palakatni orqasidan tosh otvorish kere

  [off]
07.08

Qutilgani rost bo‘lsin. Sanches barsa bilan arsenalda yahshi o'ynadi lekin myu ga moslasha olmadi
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты