Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

APLda kelasi mavsumdan irqchilik va boshqa kamsitishlar uchun qanday jazolar qo‘llanishi ma’lum bo‘ldi

08.08.2020, 16:47

Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) kelasi mavsumdan boshlab irqchilik va boshqa kamsitish shakllari uchun jazolovchi yangi qoidalar joriy qilinishini e’lon qildi.

Klublar turli xil kamsitishlar, jumladan, muxlislarining haqoratli qichqiriqlari uchun ham jazolanishadi. Bunday qonunbuzarlik stadionning qisman yoki butunlay yopilishiga olib kelishi mumkin.

Shuningdek, futbolchilar va murabbiylar raqib a’zolariga kamsituvchi xatti-harakatlar amalga oshirishsa, 6 tadan 12 ta o‘yingacha diskvalifikatsiya qilinadi. Agar bunday holatlar ijtimoiy tarmoqlarda kuzatilsa, minimal diskvalifikatsiya 3 ta o‘yinni tashkil qiladi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
08.08

Хаммамизам Оллохнинг бандаларимиз кулимиз шоххам гадохам окхам корахам Оллохнинг бандаси иркчилик килганларни Оллохнинг узи жазосини берсин

  [off]
08.08

ZOR BOPDIDA MANA ENDI IRQIY TENLIK BOLADI

  [off]
08.08

zor bopti

  [off]
08.08

Boberadikanda endi qoravoylarga
Umumiy: 4

© 2023 Uzbek Reds
Контакты