Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Jeyms: «MYu»dagi debyut o‘yinimda gol urishni orzu qilgandim»

12.08.2019, 15:08

«Manchester Yunayted»ning yangi a’zosi, klubdagi rasmiy debyutini APL 1-turida «Chelsi»ga qarshi (4:0) o‘tkazib, gol urgan Deniel Jeyms uchrashuv taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Debyut o‘yiningda maydonga tushib, gol ursang o‘yin haqida xulosa gapirish oson emas ekan. Bu orzum edi. Ole o‘zimni ko‘rsatishga tayyor bo‘lib turishimni aytgandi. U o‘yna va o‘yiningdan rohat ol, deb aytdi.

Mavsumoldi tayyorgarlik davrida qo‘llab kelganlarimizni bugun yaxshi amalga oshira oldik – yuqori pressing qo‘llab, to‘pni egallab oldik. Hisob 3:0 va 4:0 bo‘lib turganda ham to‘pni yaxshi nazorat qildik. Bu bizga keyingi hafta uchun yaxshi kayfiyat beradi», – deydi Jeyms.

«Yunayted» keyingi turni 19 avgust kuni «Vulverxempton» maydonida o‘tkazadi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
13.08

Sekin asta 90 minutga moslashtirish kerak. Keyin myu yana ser alex davridagiday hotirjam pozitsion hujumlarga otishi kerak. Chelsea bn oyinda omad ham bizga ancha yordam berdi. Bu mani fikrim...

  [off]
12.08

жесси лингорддан яхши уйнади лекин 90 минутга ярайдимикан синаб куриш керак

  [off]
12.08

харакатлари чичаритога ухшаб кетади экан

  [off]
12.08

Ko'proq imkon berish kerak bu bolaga shunda o'yini kuchayib, yanayam ochiladi. Omad Deniel

  [off]
12.08

Бу Жамес Дибала ким булибди ундан хар томонлаиа устун бу бизнинг Жамес

  [off]
12.08

chumo' ..dybala.. o'zinikini oltindan deb bildi preznovat etmaganiga afsuslanadi hali.
manashu bola undan ham zo'r o'ynab ketsa yaxshi bo'lardi.

  [off]
12.08

Мен хам ишонябман жеймсга юлдуз булишига

  [off]
12.08

Menimcha bu bola kelajakda yulduz buladiyo tezlik texnika hamanarsasi bor urtoqlik uynlardagi vidiolarniyam kurgandm pas bershlaryam yomonmas yana bilmadm bu shaxsiy fikir omad Danel

  [off]
12.08

sen ham o'zingni korsatishingdan umidvorman....daniel...ishonchni oqla.Shundan boshqa choramiz ham yo'q
Umumiy: 9

© 2023 Uzbek Reds
Контакты