Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Yunayted» himoyachisi «Inter»ga o‘tadi

13.08.2019, 07:04

«Manchester Yunayted» himoyachisi Matteo Darmian faoliyatini «Inter»da davom ettiradi.

«Inter» klubi futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar beradi Football Italia Rai Sport nashriga tayanib.

Manchester klubi 29 yoshli italiyalik futbolchini qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi.

Bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsher himoyachini jamoa tarkibida ko‘rmayapti.

Ma’lumot uchun, Darmian 2015 yildan beri «Manchester Yunayted»da to‘p surib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, himoyachi o‘tgan mavsumda Angliya chempionatida atigi 6 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Manba: www.stadion.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
13.08

Кетса узи учун хам яхши буларди уни жарохатлари анча кийнаб куйди булмасам яхши футболчи Дармиан хам
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты