Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Van De Bekning agenti yarim himoyachiga kam o‘yin vaqti berilganidan norozi bo‘ldi

30.09.2020, 14:43

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Donni van de Bekning agenti futbolchining APL 3-turidan o‘rin olgan «Brayton»ga (3:2) qarshi bahsda kam o‘ynaganidan norozi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, 23 yoshli niderlandiyalik o‘yinning 90-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.

«Brayton» bilan o‘yinda van de Bekning zaxiradan maydonga tushishi yoqmadi. Donni singari o‘yinchi o‘yin tugashiga 4 daqiqa qolganida maydonga tushirilishiga ishona olmadim. Ta’kidlashim kerakki, u qisqa vaqt ichida 3 ta samarali harakatni amalga oshirdi. G‘alaba to‘piga sabab bo‘lgan jarima zarbasini ham u ishladi.

«MYu» 1:7 hisobida yutqazishi mumkin edi. Albatta, «Brayton» yaxshi jamoaga ega, ammo bu «MYu» bilan bunday bo‘lmasligi kerak», – deydi agent.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
01.10

Van de beek zor oyinci hali mu yulduzi bolady

  [off]
30.09

Шартномани бекор килмаса булди клубингаям мураббийингаям стадионигаям хаммага деп кетиб колмаса булди

  [off]
30.09

Togrida otgan 1-oyinida gol urdi zaxiradan tushib, undan keyingi oyinda galaba topiga asosiy sababchilardan boldi asosiyga tezroq kiritish kerak. Pogbadan foydali oynayapti. Deyarli bruno bn tengma teng darajada foyda keltiryapti. Imkon berish kk koproq.
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты