Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Standart vaziyatlar ustida ishlagandik» – Sulsher «Brayton» bilan bahs, Mata, Pogba va transferlar haqida gapirdi

01.10.2020, 13:25

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Angliya Liga Kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan «Brayton» (3:0) bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Xuan Mata ajoyib o‘ynadi. U o‘yinni o‘z qo‘liga oldi va jamoani tinchlantirdi. Ammo uning bunday harakatlari meni ajablantirmaydi.

Bahsning dastlabki 25-30 daqiqasi o‘zimizga bo‘lgan ishonchni oshirish va to‘pni egallab olish uchun sarflandi. Standart vaziyatlar ustida ishlagandik. Shuningdek, 4 himoyachi bilan quruq o‘yin o‘tkazdik, bu ham juda muhim.

Pogba? Uning 25-30 daqiqaga maydonga chiqishini rejalashtirgandik. U o‘yinga kirishib ketdi. Pol ham, Markus ham bir necha bor maydonda o‘z pozitsiyalarini topishdi.

Transferlar? Menda yangilik yo‘q. Biz bor tarkib bilan ishlaymiz. Bizda katta tarkib bor. Shanba kungi o‘yin bilan taqqoslaganda, 10 ta o‘zgarishni amalga oshirdik. Agar biror yangilik bo‘lsa, sizlarga xabar beraman.

Boshqa jamoa futbolchilarini muhokama qilmayman va ularning ishlari meni bezovta qilmaydi. Klubimiz tarkibni iloji boricha kuchli qilish uchun harakat qilmoqda. Mish-mishlar paydo bo‘laveradi, biz buni nazorat qila olmaymiz», – deydi Ole.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
01.10

Xa ishlash kerakda standart vaziyat 50 foiz gol degani.

  [off]
01.10

adminla mu albatda yutadi hudo hohlasa mundan kiyin kunlarni korgandik mu ni 2008 yildan buyan muhlisi man Pohtakor kayerlarda yurardi indi ofk ucun kurasdi kelasi yil albatda oladi iki kulupga sodikman wa isonaman

  Market_Utd [off]
01.10

Кавани утсаям майлиди

  D. D. G. M. U. F. C [off]
01.10

Maurino usidan yana bitta g'alaba bizni kutmoqda totdan son tushmifi lekin regilon va bale juda hhafli harry keanni aytmasa ham bo'ladi u ham mamentdan ura oladi

  [off]
01.10

Transferla qisa zo'r ish bo'lardi

  D. D. G. M. U. F. C [off]
01.10

Tootemhanni yutsa juda zo'r ish bo'ladi
Umumiy: 6

© 2023 Uzbek Reds
Контакты