Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

APL muxlislarni stadionga qaytarish uchun velosipedlardan foydalanmoqchi

01.10.2020, 13:31

Premer Liga velosipedlardan foydalanib, muxlislarni stadionlarga qaytarishi mumkin, deb xabar beradi The Sun.

Manbaga ko‘ra, dam olish kunlari stadionlarga cheklangan miqdordagi muxlislar kirishiga ruxsat berilishi kerak edi, ammo koronavirusning yana avj olishi tufayli Buyuk Britaniya hukumati o‘z qaroridan qaytdi. Vazirlik minglab muxlislar stadionlarga yetib borishi uchun jamoat transportidan foydalanishadi, bu esa kasallanishlar sonining oshishiga olib keladi, deb hisoblamoqda.

APLning yirik klublari stadionlarga odamlarning gavjum bo‘lmasdan yetib kelishlari uchun velosipedlar ijaraga olishmoqchi. Shunda muxlislar o‘zlariga ajratilgan velosiped bilan o‘yingohga xavfsiz holda kelib-ketishlari mumkin. Shuningdek, qo‘shimcha to‘xtash joyini ta’minlash va ijtimoiy masofani saqlash uchun yetarli xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  Nodirjon [off]
01.10

Қойиле фанатлар учун шунча харакатми

  [off]
01.10

Yaxshi ģoya lekin muxlislar qaytsa oyinlarham shiddatli boladi

  D. D. G. M. U. F. C [off]
01.10

Tezroq qilsin shunda juda katta zarar ko'rmaydi zora shundan keyin transfer qilsa
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты