Ole: «Ikkinchi bo‘limni ajoyib o‘tkazdik»
13.08.2019, 07:10
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher APLning 1-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Chelsi»ga qarshi o‘yin (4:0) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Ikkinchi bo‘limni ajoyib o‘tkazdik. Yaxshi himoyalandik va yaxshi hujum qildik. Hisobni aynan biz ochib olganimiz – bu omadimiz. Tanaffusdan keyin xotirjam harakat qilib, yaxshi o‘ynadik. Qanchalik yaxshi o‘ynasang, shuncha ko‘p gol urasan. Barchasi oddiy.
Maguayr? Uni nima uchun sotib olgan bo‘lsak, u shunday harakat qildi», – deydi Ole.
Manba: www.stadion.uz