Assalomu alaykum, Mehmon!
Reklama
Yangiliklar tasmasi

Angliya Premer Ligasi ishtirokchilari soni 18 taga qisqaradimi? APL rasman javob berdi

15.10.2020, 05:17

Angliya Premer Ligasi musobaqa ishtirokchilari sonini qisqartirish taklifi bilan chiqqan «Liverpul» va «Manchester Yunayted»ning qo‘shma loyihasiga o‘z munosabatini bildirdi.

Tashkilot bayonotida ma’lum qilinishicha, APL ishtirokchilari sonini 18 tagacha qisqartirish hamda Angliya Liga Kubogi va mamlakat Superkubogi musobaqasidan voz kechish kabi takliflarni o‘z ichiga olgan Project Big Picture loyihasi Premer Liga tomonidan ham, Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan ham ma’qullanmaydi.

APL aksiyadorlari musobaqani 20 ta jamoa bilan davom ettirishga kelishib olgan.

Avvalroq «Liverpul» va «Manchester Yunayted» jamoalari Premer Ligada katta o‘zgarishlar amalga oshirishga qaratilgan loyiha tayyorlayotgani ma’lum bo‘lgandi. Loyihadagi takliflardan biri Premer Liga ishtirokchilari sonini 18 ta qilib belgilash edi.

Manba: www.daryo.uz

+

Oxirgi fikrlar

  《BEKZODBEK》 [off]
16.10

20ta yaxshi

  Rim_afina [off]
15.10

18 ta kulb qolsa qiziqish kamayib ketadi
R

  Rustam [off]
15.10

Hech bo'lmasa liga kubogoni olib tashlash kere
Umumiy: 3

© 2020 Uzbek Reds
Контакты