Assalomu alaykum, Mehmon!
Reklama
Yangiliklar tasmasi

«MYu» darvozaboni MLSga ketmoqchi

15.10.2020, 17:11

«Manchester Yunayted» darvozaboni Serxio Romero jamoadan ketish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Sun nashri ma’lum qildi.

Argentinalik posbon Yevropada transfer oynasi yopilgani uchun MLS klublaridan bo‘ladigan takliflarni ko‘rib chiqmoqchi. Bundan tashqari u «MYu» rahbariyatidan o‘zini erkin agent sifatida qo‘yib yuborishni so‘ramoqda.

O‘tgan yozgi transferlar davrida Romeroga «Chelsi», «Valensiya» va «Everton» klublaridan takliflar bo‘lgan edi. Biroq «MYu» o‘zining moliyaviy talabida jiddiy turib olgani uchun yakunda Serxio sotilmay qoldi.

Manba: www.sports.uz

+

Oxirgi fikrlar

  Nodirjon [off]
16.10

Яхши дарвозабон эди

  《BEKZODBEK》 [off]
16.10

Status qurboni
I

  Izzatbek [off]
15.10

Бечора ажойиб дарвозабон гулдай умринг увол булди захирада олдинрок узгартиришинг керак эди жамоани сан минг марта анави алисон бокирдан яхши турасан дарвозада омад сенга Ромеро
Umumiy: 3

© 2020 Uzbek Reds
Контакты