Assalomu alaykum, Mehmon!
Reklama
Yangiliklar tasmasi

Golden Boy sovrini uchun yakuniy da’vogarlar e’lon qilindi

16.10.2020, 00:03

Tuttosport nashri 2020 yil yakuniga ko‘ra, Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisiga topshiriladigan Golden Boy sovriniga da’vogar 20 nafar futbolchini e’lon qildi.

Sovrin qoidalariga ko‘ra, nomzodlar 21 yoshdan oshmasligi va u Yevropaning yetakchi ligalaridan birida to‘p surishi lozim. G‘olib nomi nomdor sport nashrlarining jurnalistlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra aniqlanadi.

Sovrin uchun nomzod futbolchilar ro‘yxati: Mitchel Bakker («Pari Sen-Jermen», Niderlandiya), Eduardo Kamavinja («Renn», Fransiya), Jonatan Devid («Lill», Kanada), Alfonso Devis («Bavariya», Kanada), Serjino Dest («Barselona», AQSh), Fabiu Silva («Vulverhempton», Portugaliya), Ansu Fati («Barselona», Ispaniya), Filip Foden («Manchester Siti», Angliya), Rayan Gravenberx («Ayaks», Niderlandiya), Meyson Grinvud («Manchester Yunayted», Angliya), Erling Holand («Borussiya» Dortmund, Norvegiya), Kallum Xadson-Odoi («Chelsi», Angliya), Deyan Kulushevski («Yuventus», Shvetsiya), Rodrigo («Real», Braziliya), Bukayo Saka («Arsenal», Angliya), Jeydon Sancho («Borussiya» Dortmund, Angliya), Dominik Soboslai («Red Bull Zalsburg», Vengriya), Sandro Tonali («Milan», Italiya), Ferran Torres («Manchester Siti», Ispaniya), Vinisius Junior («Real», Braziliya).

+

Ma’lumot uchun, ushbu sovrinning amaldagi sohibi «Atletiko» klubi hamda Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Joau Felish sanaladi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar
A

  Aziz [off]
16.10

Holland oladi

  Myu chempion [off]
16.10

Billat shu holand qòldan kettida
I

  Ikrom [off]
16.10

Grinvud osin ozimizni oyinchiyu

  Nodirjon [off]
16.10

Девис Санчо Холланд Фати щулардан бири олса керак

  《BEKZODBEK》 [off]
16.10

Erling Xolandga berish kerak. Kop ish qivordi bola klubdaxam xettrik Termadaxam Xettrik gap yoq shunchaki yosh bolaga.
O

  Omonboy [off]
16.10

Ерлинг холинд йоки жодин санчо иковидан бири оса керак
Umumiy: 6

© 2020 Uzbek Reds
Контакты