Assalomu alaykum, Mehmon!
Reklama
Yangiliklar tasmasi

APLdan RPLgacha. Jahonning ayni damdagi eng qimmat ligalari ma’lum bo‘ldi

16.10.2020, 00:17

Transfermarkt portali 2020 yil oktabr holatiga ko‘ra, futbolchilar transfer qiymati bo‘yicha eng qimmat chempionatlar reytingini e’lon qildi.

Unda Angliya Premer Ligasi ro‘yxat yetakchiligini qo‘lga olgan. APL futbolchilari jami 8,9 milliard yevroga baholangan. Ikkinchi o‘rinda A Seriya (5,1 mlrd yevro) qayd etilgan bo‘lsa, La Liga (5 mlrd yevro) kuchli uchlikni yakunlab bergan.

E’tiborlisi, kuchli beshlik ligalaridan keyingi o‘rinni Angliyaning ikkinchi divizioni hisoblanmish Chempionship egallab turibdi. Shuningdek, Braziliya chempionati kuchli o‘nlikda Yevropadan bo‘lmagan yagona liga bo‘lib turibdi.

Dunyoning eng qimmat futbol ligalari top-10 ligi:

1. Premer Liga (Angliya) – 8,9 milliard yevro;

2. A Seriya (Italiya) – 5,1 mlrd yevro;

3. La Liga (Ispaniya) – 5 mlrd yevro;

4. Bundesliga (Germaniya) – 4,3 mlrd yevro;

5. Liga 1 (Fransiya) – 3,5 mlrd yevro;

6. Chempionship (Angliya) – 1,2 mlrd yevro;

7. Primeyra (Portugaliya) – 1,1 mlrd yevro;

8. A Seriya (Braziliya) – 952,5 million yevro;

9. Erediviziya (Niderlandiya) – 912,8 mln yevro;

10. Premer Liga (Rossiya) – 879,4 mln yevro.

+

Manba: www.daryo.uz

Oxirgi fikrlar

  《BEKZODBEK》 [off]
16.10

Chempionship 6 orinda gap yoq.
Umumiy: 1

© 2020 Uzbek Reds
Контакты