Assalomu alaykum, Mehmon!
Reklama
Yangiliklar tasmasi

Sulsher Brununing gaplariga izoh berdi: «Ikki o‘yinda yutqazganingizda shunday bo‘ladi»

16.10.2020, 21:36

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher yarim himoyachi Brunu Fernandeshning jamoada ziddiyatlar borligi haqidagi mish-mishlarni rad etganiga izoh berdi.

«Manchester Yunayted»ga xush kelibsiz. Ikki o‘yinda yutqazganingizda doim shunday bo‘ladi. Bu – shunday holatlardan biri: buni iloji boricha tezroq yengib o‘tish kerak.

Ba’zilar bizning jamoani buzmoqchi. Brunu bir necha kun oldin «Biz birmiz va birlashishimiz kerak», deb juda yaxshi gapirdi. Tashqaridagi odamlar fikrini tinglamasligimiz kerak.

Brunu «MYu»ga kelganidan beri Premer Ligada faqat 2 o‘yinda mag‘lub bo‘ldi. Bu seriyaga o‘xshasa-da, u «Yunayted»da yutqazishga odatlanmagan.

Tashqaridagilar kelishmovchilik yaratishga urinishda davom etishadi, ammo bu sodir bo‘lmaydi. Chunki jamoa birlikni saqlab qolishni istaydi», – deydi Ole.

Manba: www.tribuna.uz

+

Oxirgi fikrlar

  Myu chempion [off]
17.10

Nyukaslgayam chekib qogardin keyin xayirlashsayam bolardi san bilan

  Nodirjon [off]
17.10

Сулшер ўзингни кўрсатадиган вақтинг келди. Қани Нюкаслга қарши ўйинда бир қобилятингни кўрайликчи
R

  Rasul [off]
16.10

Лайк

  Fayzullo_MuFc [off]
16.10

Ajoyib
Umumiy: 4

© 2020 Uzbek Reds
Контакты