Assalomu alaykum, Mehmon!
Reklama
Yangiliklar tasmasi

«Real» va «Barselona» Fernandesh uchun kurash olib boradi

17.10.2020, 15:42

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi The Sun.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik 26 yoshli futbolchiga «Barselona» va «Real» qiziqmoqda.

Avvalroq OAVda Fernandeshning mankunianliklar bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher bilan munosabati yaxshi emasligi yozilgandi. «Real» va «Barselona» vaziyatni kuzatib bormoqda va xavbek uchun kurashga qo‘shilishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi sentabr oyida «MYu» muxlislari tomonidan jamoaning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Fernandesh o‘tgan mavsumda APLda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 8 ta golga assistentlik qildi.

Manba: www.tribuna.uz

+

Oxirgi fikrlar
T

  Terminator [off]
18.10

Катта к.... к керакмасми.

  MuhammadAli [off]
17.10

  ManUtd_King [off]
17.10

Kulgim qistayapti
E

  Erkin [off]
17.10

Yaxshi bular edi.

  《BEKZODBEK》 [off]
17.10

Feyk

  Jamshidbek [off]
17.10

Погбани 100 гахам берамиз олинглар йонига жонсдихам бонус килиб берамиз

  Nodirjon [off]
17.10

Туя Хаммомни орзу қилибти. Ундан кўра олларинг Лингардни берамиз Барсага. Реал 120 берса Погбани берамиз Брунони хаёлигаям келтирмасин
Umumiy: 7

© 2020 Uzbek Reds
Контакты