Assalomu alaykum, Mehmon!
Reklama
Yangiliklar tasmasi

Neymar «MYu» bilan o‘ynaydimi? Tuxel javob berdi

17.10.2020, 15:57

PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel Fransiya chempionati doirasida «Nim»ga (4:0) qarshi bahsda jamoa hujumchisi Neymarning maydonga tushmagani sababini aytdi.

«Neymarda hech qanday muammo yo‘q. U bilan kelishib oldik va unga dam berishga qaror qildim. U ertadan biz bilan bo‘ladi va «Manchester Yunayted»ga qarshi bahsga tayyorgarlik ko‘radi. U, albatta, maydonga tushadi», – deydi Tuxel.

Neymar bu mavsumda Fransiya chempionatida 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.

YeChL 1-turidan o‘rin olgan PSJ – «MYu» o‘yini 20 oktabr kuni Parijda, «Park de Prens»da bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.tribuna.uz

+

Oxirgi fikrlar

  《BEKZODBEK》 [off]
19.10

Neymar tushsin

  ZAMIR [off]
17.10

Tuxel kerey bulsa sanam tushib uynayqol 12-kishi bulib bizada farqi yuq

  Nodirjon [off]
17.10

Хохлаган ўйинчисини ўйнатсин. Асосийси бизга ғалаба
Umumiy: 3

© 2020 Uzbek Reds
Контакты