Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Maguayr, Kavani, Grinvud PSJ bilan o‘yinda «MYu»ga yordam bera olmaydi

19.10.2020, 23:19

«Manchester Yunayted» sardori Harri Maguayr va hujumchi Edinson Kavani YeChL 1-turi doirasidagi PSJga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi, deya yozmoqda Manchester Evening News.

Manbaning yozishicha, bu futbolchilar klubning Parijga yo‘l olgan ro‘yxatida bo‘lishmagan. Kavani 14 kunlik karantindan keyin yakshanba kuni «MYu» safidagi dastlabki mashg‘ulotini o‘tkazgan bo‘lsa, Maguayr «Nyukasl» (4:1) bilan o‘yindan keyin oyog‘ida og‘riq his qilgani uchun PSJ bilan o‘ynay olmaydi.

Shuningdek, «MYu» tarkibidan jarohati sababli Meyson Grinvud ham o‘rin olmagan. Uning o‘rniga jamoaning 18 yoshli yangi futbolchisi Fakundo Pelistri qaydnomaga kiritilgan.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  Nodirjon [off]
19.10

Харри Магуайр в инстаграме:

«Разочарован, что пропущу завтрашнюю игру из-за травмы... Я буду упорно работать, чтобы вернуться в форму как можно быстрее».

  [off]
19.10

Янгиларни синаш керак
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты