Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

PSJning 5 nafar futbolchisi «MYu»ga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi

19.10.2020, 23:27

«Pari Sen-Jermen» futbolchilari Mauro Ikardi, Marko Verratti, Leandro Paredes, Tilo Kerer va Xuan Bernat Chempionlar Ligasi 1-turi doirasidagi «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi, deya xabar bermoqda L’Equipe.

Manbaning yozishicha, jamoa yarim himoyachisi Yulian Draksler va himoyachi Markinosning ham maydonga tushishi so‘roq ostida qolmoqda. Parijliklar uchun yagona xushxabar Anxel Di Mariyaning safga qaytgani bo‘ldi. Argentinalik yarim himoyachi sobiq klubiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin.

Avvalroq, PSJga qarshi o‘yin oldidan «MYu» tarkibida ham yo‘qotishlar borligi, jamoa sardori Harri Maguayr, hujumchilar Edinson Kavani va Meyson Grinvud Parijga yo‘l olmagani haqida xabar berilgandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
20.10

Shomurodovga 3-4ta tur kerak moslashib olishga A seriyaga umuman yoqolib qoldi

  [off]
20.10

Фанатдошла Эбрима Колли дган уйинчи боракан Веронада Аталантани уйинчисикан арендада уйнаркан Веронада жудаям яхши уйинчикан

  [off]
19.10

xudo holasa yutamiz
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты