Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ole: «MYu» guruhda birinchi marta eng yaxshilar bilan o‘ynaydi»

20.10.2020, 12:10

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Chempionlar Ligasi 1-turidan o‘rin olgan PSJga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

«Hamma Chempionlar Ligasida o‘ynashni xohlaydi. Bizga o‘tgan mavsumda final bosqichida qatnashgan jamoalar raqib bo‘ldi. «Leypsig» yarim finalgacha yetib bordi. «Istanbul» bilan bahsda Rafael («MYu» sobiq himoyachisi) bilan uchrashishdan xursand bo‘lamiz.

Bu – biz uchun ajoyib guruh. Jamoa birinchi marta eng yaxshilar bilan o‘ynaydi. Bo‘lajak bahs so‘nggi yillardagi eng jiddiy sinov bo‘ladi.

PSJ bilan avvalgi o‘yin – tarix. (2018/2019 yilgi YeChL 1/8 finalida «MYu» PSJga o‘z maydonida 0:2 hisobida yutqazib, safarda 3:1 hisobida g‘alaba qozongan va keyingi bosqichga yo‘l olgan). Ajoyib voqea, ammo bu bo‘lajak o‘yinga ta’sir qilmaydi. Bizda ham, raqibda ham o‘zgarishlar bo‘ldi. Bosqich ham boshqa», – deydi Ole.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
20.10

Galaba kerak

  [off]
20.10

Мю ЕЧЛНИ ютган пайтлари бу жамолар ЕЧЛ нималигини билишмаган

  [off]
20.10

Гапниям олиб кочибдида бринчи марта енг яхшлар билан ойнармиш

  [off]
20.10

Hudo hohlasa bu MU g'alaba qiladi
Umumiy: 4

© 2023 Uzbek Reds
Контакты