Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Liverpul», «MYu» va boshqa top-klublar «Yevropa Premer Ligasi»ni tashkil etishmoqchi

21.10.2020, 06:57

Yevropada yaqin orada yangi yirik futbol musobaqasi paydo bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi Sky Sports.

Manbaga ko‘ra, hozirda Angliya, Ispaniya, Germaniya, Italiya va Fransiyaning 10 dan ortiq klublari, shu jumladan, «Liverpul» hamda «Manchester Yunayted» «Yevropa Premer Ligasi» deb nomlangan turnir yaratish bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda.

Tashkilotchilar ushbu musobaqani FIFA ko‘magida 2022 yildan boshlashmoqchi. Unda 16-18 jamoa qatnashishi kutilmoqda. Ayni paytda investorlar izlanmoqda. Ligani boshlash uchun 6 mlrd dollar kerakligi ta’kidlangan.

Yevropa Premer Ligasining xar bir potensial ishtirokchisiga 100 mln dollardan ortiq kafolatli to‘lov va’da qilingan. Tashkilotchilarning g‘oyalari amalga oshsa, bu klublar darajasidagi eng boy turnirga aylanadi. Turnir loyihasining taqdimoti shu oyning oxirida bo‘lishi mumkin.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
21.10

Yaxshi g'oya

  [off]
21.10

Zo'r bolardi lekin

  [off]
21.10

Ajoyib
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты