Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» ikki futbolchisini APL ro‘yxatidan o‘chirdi

21.10.2020, 06:23

«Manchester Yunayted» Premer Liga uchun topshirgan kengaytirilgan ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritdi.

Sky Sports’ning xabar berishicha, klub APLga topshirgan yangilangan «zayavka»sidan darvozabon Serxio Romero va himoyachi Fil Jonsni o‘chirgan. Avvalroq, bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsher Chempionlar Ligasi uchun UEFAga topshirgan qaydnomasiga ham ushbu futbolchilarni kiritmagandi.

UEFAga topshirgan ro‘yxatdan chetda qolgan jamoaning argentinalik himoyachisi Markos Roxo esa Angliya Premer Ligasi uchun topshirilgan tarkibga qo‘shib qo‘yilgan.

Ma’lumot uchun, Romero yozda «Everton» safiga o‘tishga yaqin edi, ammo «MYu» argentinalik posbonni ijaraga berishni rad etib, 8 million yevroga baholagandi. Yakunda Romero «MYu»da qolib, De Xea va Hendersondan keyingi 3-golkiperga aylandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
21.10

Oyinchilarning royhati bormi

  [off]
21.10

Sulwer qanaqa axmoq san li grant orniga ramero 100 % yaxwi oynaydi ramero va fil jons bunchalar xorlanmasligî k.k edi deb oyliman manimcä sulwerni ichki ziddiyati bor ramero b.n

  [off]
21.10

Li grant orniga romeroni qoshsa bolardi liga kuboklarda uynap turardi

  [off]
21.10

Videosini koyinla iltimoa
Umumiy: 4

© 2023 Uzbek Reds
Контакты