Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Arsen Venger «Manchester Yunayted» taklifini rad etgani sababini tushuntirdi

22.10.2020, 21:50

«Arsenal» klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger Manchester klublaridan taklif tushgani haqida berilgan savolga javob berdi.

«Siti»dan taklif bo‘lmagan, «Yunayted» esa taklif qilgandi. Ammo bu taklif qachon tushgani haqida ayta olmayman. O‘shanda taklifni rad etgandim. Sababi «Arsenal»da faoliyat yuritayotgandim. «Arsenal» bilan o‘rtamizda misli muhabbat tarixi bor edi. Qizil va oq rang – hayotim bo‘lgan. London klubiga kelgan ilk kunimdayoq bu jamoaga bo‘lgan o‘zgacha hissiyotni tuyganman», – deydi Venger.

Eslatib o‘tamiz, Venger 2019 yildan buyon FIFA qoshidagi futbolni global rivojlantirish bo‘limida faoliyat yuritmoqda. U 1996 yildan 2018 yilga qadar «Arsenal» klubini boshqargan. Venger qo‘l ostida «kanonirlar» 17 ta sovringa ega chiqqan.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  Nodirjon [off]
22.10

Shu CHL ni olomay kettiya adashmasam
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты