Kavani «MYu»da debyut o'yinini o'tkazishga tayyor
23.10.2020, 22:23
«Маnchester Yunayted» hujumchisi Edinson Kavani yangi jamoasi safida APLning 6-turidan o'rin olgan «Chelsi»ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin.
Bu haqida «Мanchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher klub axborot xizmatiga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
Murabbiyning so'zlariga ko'ra, Kavani oxirgi kunlarda ko'p mashg'ulotlar o'tkazib o'zining professionalligini namoyish etgan.
Sulsherning fikricha, futbolchi «Chelsi»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishga tayyor. Mazkur o'yin 24-oktabr kuni bo'lib o'tadi.
Manba: www.footballhd.ru