Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» Pogba bilan yangi shartnoma imzolash uchun uning maoshini oshirmoqchi emas

24.10.2020, 05:33

«Manchester Yunayted» klubi fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogba bilan yangi shartnoma imzolamoqchi, deya xabar beradi ESPN.

Klub fransuz bilan uzoq muddatli kelishuvga erishishni reja qilgan, ammo shu bilan birga «Yunayted» moliyaviy muvozanatni buzmaslik uchun yarim himoyachining maoshini ko‘tarmoqchi emas.

Ayni paytda 27 yoshli o‘yinchi haftasiga 297 ming yevro maosh oladi. Agar tomonlar kelisha olishmasa, «MYu» Pogbaning amaldagi shartnomasi tugashini kutishga tayyor, bu 2022 yilda sodir bo‘ladi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты