Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Klopp: «Reshford bilan faxrlanaman»

24.10.2020, 19:31

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Manchester Yunayted» forvardi Markus Reshfordning futboldan tashqari tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, uni maqtadi.

«Markus boshlagan tashabbus juda ajoyib ish. Maydonda har qancha raqib bo‘lmaylik, futboldan tashqari mana shunday ishlarda hamfikrmiz. Qiyinchilik sharoiti va muhitida ulg‘aygan Reshfordning o‘tmishini unutmagani va bolalar haqida qayg‘urayotgani har qancha maqtovga loyiq. Bolalar haqida aynan u qayg‘urayotgani bir tarafdan qayg‘uli, bir tomondan esa quvonarli. Aminmanki, bunday farzand bilan Markusning onasi faxrlanadi. Reshfordni yaxshi bilmasam-da, hattoki men u bilan faxrlanaman. Uning futboldan tashqari ijtimoiy tashabbuslarini olqishlayman», – deydi Klopp.

Eslatib o‘tamiz, Reshford Buyuk Britaniya hukumatini pandemiya davrida maktablardagi bepul ovqatlanishni davom ettirishga ko‘ndirgandi. Futbolchining ushbu tashabbusi Britaniya imperiyasi ordeni bilan mukofotlangandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
24.10

ERKAK BOLISH HAMMAGAMAS

  Nodirjon [off]
24.10

Респект
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты