Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Lempard: «Manchester Yunayted» – ajoyib jamoa, ularning PSJ bilan o‘yinini kuzatdik»

24.10.2020, 19:37

«Chelsi» bosh murabbiyi Frenk Lempard APL 6-turi doirasidagi «Manchester Yunayted»ga qarshi uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

«Manchested Yunayted» – juda kuchli jamoa. Biz ularga qarshi o‘tgan mavsumda ham bir necha marta maydonga tushdik va bu klub bilan o‘ynash qay daraja qiyinligini bilamiz. Mavsum startini yaxshi boshlay olmagan bo‘lsak-da, biz kabi raqibimiz ham yo‘qotilgan ochkolar o‘rnini to‘ldirish haqida o‘ylaydi.

«MYu» ajoyib jamoa va yaxshi tarkibga ega. Ularning Parijdagi uchrashuvini tomosha qildik, raqib o‘yinini kuzatdik. «Old Trafford»da ikki tomonga ham oson bo‘lmaydi. Shunga qaramay, safardan ochkolar bilan qaytish imkoniyatiga egamiz», – deydi Lempard.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты