Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

De Xea: «Manchester Yunayted» ko‘prog‘iga loyiq. Darvozabon «Chelsi»ni qutqardi»

26.10.2020, 09:26

«Manchester Yunayted» darvozaboni David De Xea APL 6-turi doirasidagi «Chelsi» (0:0) bilan o‘yin haqida gapirdi.

«Biz g‘alaba qozonish uchun yetarlicha vaziyatlar yaratdik. Yaxshi raqib bilan keskin o‘yin bo‘lib o‘tdi va biz ko‘prog‘iga loyiq edik deb o‘ylayman. Ikkita yoki uchta haqiqatdan ham xavfli vaziyat bo‘ldi, ammo darvozabon «Chelsi»ni qutqardi. Endi keyingi o‘yinni sabrsizlik bilan kutamiz.

Har bir o‘yinda, ayniqsa uydagi bahsda o‘z darvozangiz dahlsizligini saqlab qolish juda muhim. Himoya «Chelsi»ga qarshi o‘yinda yaxshi harakat qildi, ammo biz hali yaxshilanishimiz kerak», – deydi De Xea.

Manba: www.championat.asia

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
26.10

Dexeya san shunaqa paytda jep qoldinki fergidan keyin na yaxshi himoyachiga yo murabbiyga yolchidik

  Nodirjon [off]
26.10

Респект
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты