Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Habib Nurmagomedov «MYu», «Liverpul» va «Man Siti» ishtirokidagi o‘yinlarga tashrif buyuradi

26.10.2020, 15:41

UFCning amaldagi chempioni Habib Nurmagomedov Jastin Getjiga qarshi jangdagi g‘alabadan keyin Yevropa bo‘ylab sayohat qilmoqchi ekanligini aytdi.

Faoliyatini yakunlaganligini e’lon qilgan Habib noyabr oyida Angliyaga tashrif buyurib, Premer Liganing top-klublar ishtirokidagi bahslarini tomosha qilmoqchi ekanligi haqida gapirdi.

«Noyabrda Angliyaga borishni rejalashtirganman. Ko‘p sayohat qilmoqchiman. «Manchester Yunayted», «Liverpul», «Manchester Siti» ishtirokidagi o‘yinlarni tomosha qilish niyatim bor. Ushbu klublar ajoyib stadionlarda to‘p surishi va katta tarixga ega ekanligidan yaxshi xabardorman. Jamoalar ishtirokidagi ajoyib o‘yinlarni stadiondan kuzatish uchun boraman», – deydi Nurmagomedov.

Ma’lumot uchun, APL doirasida 1 noyabr kuni «Manchester Yunayted» – «Arsenal» bahsi, 7 noyabr kuni esa «Manchester Siti» – «Liverpul» uchrashuvi o‘tkaziladi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
26.10

Xа.yаxsh.myugа.omаt

  [off]
26.10

Xа.yаxsh.myugа.omаt

  [off]
26.10

Myu parot qimidi endi tarkib daxshatli

  [off]
26.10

Super Xabib MYU parot qib qoymada boldi
Umumiy: 4

© 2023 Uzbek Reds
Контакты