Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Pogba dunyoning eng mashhur gazetalaridan birini sudga berdi

27.10.2020, 06:11

Britaniyaning dunyoga mashhur The Sun nashri «Manchester Yunayted» xavbeki Pol Pogba Fransiya terma jamoasida boshqa o‘ynamasligi haqida xabar tarqatgan edi.

Fransiyalik futbolchi o‘zi haqida yolg‘on ma’lumot yozilgani uchun ushbu nashrni sudga bergan. Bu haqda uning o‘zi Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

«The Sun yana shunday ish qildi. Ular men haqimda 100% asossiz xabarlarni chop etdi. Ular doim men hech qachon aytmagan yoki o‘ylamagan narsalarni e’lon qiladi. OAVning ayrim «manbalari» mendan foydalangan holda Fransiya uchun nozik mavzularda yolg‘on xabarlar chiqarmoqda. Men yolg‘on yangiliklar chop etuvilarni sudga berdim», – deya yozgan Pogba rasmiy sahifasida.

Bundan avvalroq Pogba Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Islom dini haqida gapirgan nojo‘ya gaplari uchun terma jamoada boshqa o‘ynamaslikka qaror qilgani haqida xabar berilgan edi.

Manba: www.sports.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
28.10

Feyk boshlandi
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты